Orolbo‘yida kurash rivojlanadi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev U-17 kurash turi bo‘yicha yaqinda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘oliblarini erishgan yutuqlari bilan qutladi. Mazkur musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 14 nafar sportchi sovrindor bo‘lib, shundan 2 ta oltin, 1 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Prezidentimizning 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 – 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Nukus shahri “Taxiatosh guzari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Kurash mahorat maktabida hozirda qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda 150 o‘rinli yotoqxona, sport zal, stadion, oshxona quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yangidan barpo etilayotgan mahorat maktabida sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Sport jihozlari va mebellarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi borasida mas’ullarga topshiriq berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.