Osiyo chempionati: 8 nafar bokschimiz yarim finalda
Boks bo‘yicha Iordaniyaning Amman shahri kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ayni damda ushbu musobaqada o‘smirlar o‘rtasida chorak final bahslari davom etmoqda.
O‘smirlar orasidagi 1/4 final bellashuvlarining dastlabki kunida Farzuna Ro‘ziyeva, Sabrina Chakamanova, Qumriniso Muhammadova, Shodiyona Meliqo‘ziyeva, Asilbek Abduqodirov, Bobomurod Boymirzayev, Asadbek Esonboyev va Habibulla Saynazarov kabi bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 25 aprel kuni Osiyo chempionati doirasida o‘smirlar toifasida chorak final bellashuvlari davom ettiriladi.
Unda quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
-60 kg: Abrorbek Sharipov – Hasan Salem (Iordaniya)
-63 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev – Bogdan Kozak (Ukraina)
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev – Kuanish Urumbassar (Qozog‘iston)
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva – Simbat Uraimjanova (Qirg‘iziston)
-63 kg: Charosxon Ergasheva – Katerina Moroz (Ukraina)
-75 kg: Xurshidbek Jo‘rayev – Priyansh Sehravat (Hindiston)
-80 kg: Asadbek Sultonboyev – Dmitro Kasianenko (Ukraina)
+80 kg: Artur Kenesbayev – Omar Issa (Iordaniya)
-70 kg: Ulbosin Jalgasbayeva – Cheng-Hui Zou (Xitoy Taypeyi)

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning kichik o‘smirlar yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 23 nafari yarim finalga yo‘l olib, kamida bronza medalini naqd qilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA