Rubio: Xitoy AQSH uchun asosiy muammo

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “The Free Press” portaliga intervyusida Xitoy Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy tahdid ekanini bildirib, Pekin tarixdagi eng yirik tinchlik sharoitidagi harbiy qurilishni amalga oshirayotganiga urg‘u bergan.
– Menimcha, Xitoy har bir jabhada, geosiyosat, milliy xavfsizlik, iqtisodiyot va sanoat nuqtai nazaridan birinchi raqamli muammo, – dedi yuqori martabali mulozim. – XXR harbiy dasturi ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada keng. Bu nafaqat zamonaviy, balki butun insoniyat tarixidagi tinchlik davri uchun eng tez rivojlanayotgan, eng yirik harbiy kuch.