
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Iqtidor maktab ansambli” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi tashkil etildi. Unda tanlovning quyi bosqichlarida saralangan, tumanlar va shahar umumta’lim maktablarining 17 jamoasi ishtirok etdi.
Belgilangan shartlarga ko‘ra, jamoalar milliy cholg‘u asboblari yordamida kuy ijro etib, o‘z iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.
Qorao‘zak tumanidagi 28-umumta’lim maktabining “Muxalles” guruhi birinchi, Chimboy tumanidagi 40-umumta’lim maktabining “Sahro bulbullari” jamoasi ikkinchi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 20-umumta’lim maktabining “Yosh iqtidorlilar” guruhi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA