
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida yosh hunarmand Mehribon Jumaniyozovaning “Muzey merosi – ilhom manbai” mavzuidagi ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada iste’dodli hunarmandning qoraqalpoq xalq kashtachiligi an’analari asosida yaratilgan ayollar liboslari, turli naqsh turlari tushirilgan ishlari, suvenir va kulolchilik buyumlari o‘rin oldi.
Ko‘rgazma ochilishida taniqli san’atshunoslar, tajribali hunarmandlar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar hunarmandning kashtachilik an’analarini davom ettirib, avlodlarga meros etib qoldirish yo‘lidagi izlanishlarini e’tirof etdi.
Darhaqiqat, Mehribon Amet baxshi nomidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabining “Amaliy qo‘l san’ati” bo‘limida yoshlarga o‘z bilim va mahoratini qunt bilan o‘rgatmoqda. Ayni paytda u shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Tasviriy va amaliy san’at” fakulteti “Kulolchilik” bo‘limi talabasi hamdir.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA