Bilyardchilarimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi

147

Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida bilyard bo‘yicha o‘tayotgan navbatdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoalari munosib natijalar qayd etmoqda.

Kecha o‘tkazilgan jahon chempionatining ilk saralash bahsida hamyurtimiz Jamoliddin Qo‘chqorov Qirg‘iz Respublikasi vakilini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Terma jamoamiz a’zosi Aleksandr Sakolov belaruslik Vladimir Radionovga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 22 aprel kuni chempionatning navbatdagi saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Kuning birinchi yarmida o‘zbekistonlik bilyard ustalaridan Nodir Mirzayev qozog‘istonlik raqibini 4:1 ko‘rinishida yenggan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida terma jamoamiz a’zolaridan Ahror Hotamov, Ma’ruf Yo‘ldoshev, Nurbek Salomov, Suxrob Pirmatov saralash musobaqalarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

10 tadan ziyod davlatning mahoratli bilyard ustalari ishtirokida o‘tayotgan jahon chempionati musobaqalari 27 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA