Butunjahon iqtisodiy forumi sobiq rahbari tergovga tortildi

146

Butunjahon iqtisodiy forumi (BIF) Vasiylik kengashi sobiq rais Klaus Shvabga nisbatan moliyaviy firibgarlik, axloqiy qoidabuzarlik, jumladan uning rafiqasi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda “Wall Street Journal” manbalarga tayanib deb xabar tarqatdi.

Hafta boshida rahbar ishdan bo‘shagani, rais o‘rinbosari Piter Brabek-Letmat rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Shvab lavozimini yoshi tufayli tark etayotganini aytgan – u 88 yoshda.

– Jahon iqtisodiy forumi asoschisi Klaus Shvab o‘zi asos solgan tashkilot tomonidan ayblanmoqda. Vasiylik kengashi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilish chog‘ida tergov boshlashga qaror qilgan.

Nashr yozishicha, da’volar bitilgan imzosiz xat o‘tgan hafta kengashga kelib tushgan. Maktubda Klaus Shvab o‘zi uchun bankomatdan naqd pul yechib olish so‘rovi bilan forum xodimlariga murojaat qilgani, jamoa mablag‘ini mehmonxonada uqalash amaliyoti haqini to‘lash uchun sarflagani va boshqa shaxsiy maqsadlarda ishlatgani aytilgan. Bundan tashqari, mulozimning rafiqasi Xilda qimmat bayramlar uchun ajratilgan mablag‘dan foydalanish maqsadida turli ramziy tadbirlar tashkil qilgan.

2024 yil mayda Shvab forum prezidentligini topshirib, ijrochi huquqi bo‘lmagan direktor mansabini egallashi haqida xabar berilgan edi. Iyun oyida esa “Wall Street Journal” BIF xodimlari Shvab va rahbariyatni ayollar hamda qora tanlilarga nisbatan kamsitish, ta’qib qilish bilan bog‘liq harakatlarda ayblaganini yozgan edi.

S.Rahimov, O‘zA