RF Pasxa sulhini e’lon qildi

191

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakat yetakchisi Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning jangovar to‘qnashuv chizig‘idagi vaziyat bo‘yicha hisobotini eshitgan va Rossiya tomoni 19 aprel soat 18:00 dan 21 aprel soat 00:00 gacha barcha harbiy harakatni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

– Shu muddat oralig‘ida har qanday harbiy operatsiya to‘xtatiladi, – dedi Putin. – Ukraina tomoni bizdan o‘rnak olishidan umidvormiz. Baribir, qo‘shinimiz o‘z harbiy amaliyoti va qonunchiligi ehtimoliy har qanday buzilishini qaytarishga tayyor bo‘lishi kerak. Kiyev energetika infratuzilmasiga hujum qilmaslik haqidagi kelishuvni yuz martadan ortiq buzdi. Shu bois sizdan juda ehtiyot va shay, zudlik bilan to‘liq javob berishga tayyor turishingizni so‘rayman. Bizning Pasxa sulhiga oid qarorimiz Kiyev rejimining qanchalik samimiy tayyorligi, kelishuvga rioya qilish, Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etishga qaratilgan tinchlik muzokarasi jarayonida ishtirok etish istagi va qobiliyatini ko‘rsatadi. Rossiya, o‘z navbatida, doim muloqotga tayyor. Amerika tomoni, Prezident Tramp, xitoylik do‘stlar, XXR Raisi, BRIKS mamlakatlari hamda Ukraina inqirozini adolatli, tinch yo‘l bilan hal etishga sodiq boshqa tarafdorlarning intilishini har tomonlama olqishlaymiz. Jangovar aloqa chizig‘idagi vaziyat aniq, RF uchun qulay rivojlanmoqda. Qo‘shinimiz ishonch bilan qadamma-qadam olg‘a intilmoqda.

V.Gerasimov qo‘shinlar birlashgan guruhi maxsus harbiy amaliyot topshirig‘ini faol bajarishda davom etayotganini bildirdi:

– Hozir 11 yo‘nalishda hujum qilinmoqda. “Shimol” guruhi Ukraina askarlari bostirib kirgan Kursk viloyati hududida harbiy amaliyot olib boryapti.