Kichik Do‘smatov Rossiyada Saken Bibosinov bilan jang qiladi
Rossiyada boks bo‘yicha davom etayotgan “Konstantin Korotkov” xalqaro turnirida chorak final bahslari o‘z yakuniga yetib, bugundan yarim final uchrashuvlari boshlanadi.
Quvonarlisi, chorak final yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining jami 16 nafar bokschisi g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini naqd qildi. Bugun bo‘lib o‘tadigan yarim final janglari orasida eng qiziqarlisi hamyurtimiz Faryozbek Do‘smatov va qozog‘istonlik Saken Bibosinov o‘rtasidagi jangdir.
Aslida ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va qozog‘istonlik Saken Bibosinov o‘rtasidagi jangni muxlisu-mutaxassislar kutgan edi. Biroq chorak finalda aka-uka Do‘smatovlar to‘qnash kelgani bois, Hasanboy ushbu jangni o‘tkazishdan bosh tortdi va Faryozbekka g‘alabani taqdim etdi. Endi Faryozbek akasining azaliy raqibi Sakenga qarshi ringga ko‘tariladi. Umid qilamizki ushbu jangda charm qo‘lqop ustamiz g‘alaba qozonadi.
Darvoqe, mazkur bosqichning -71 kg. vazn toifasida Muhammadazizbek Ismoilov – Asilbek Abdurahmonov jangiga guvoh bo‘lamiz.
Shuningdek, bugun quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
- -50 kg: Gulsevar Ganiyeva – Gulinar Turapbay (Qozog‘iston);
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Aydona Zabunbekova (Qozog‘iston);
- -60 kg: Rashida Tagirova – Rima Volosenko (Qozog‘iston);
- -66 kg: Aysanem Saruarova – Sun Hyo Hoang (Shimoliy Koreya);
- -75 kg: Aziza Zokirova – Molka Mabruk (Tunis);
- -57 kg: Sanjar Vahobov – Dmitriy Shipovskiy (Rossiya);
- -80 kg: Rahmatulla Boymatov – Vasiliy Kaverin (Rossiya);
- -60 kg: Shohrux Abdumalikov – Gonbold Dorinyambuf (Mo‘g‘uliston);
- -63,5 kg: Abdulloh Madaminov – Janbos Kadiraliyev (Qozog‘iston);
- -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov – Radna Sibikov (Rossiya);
- -86 kg: Shohjahon Abdullayev – Andrey Masalov (Belarus);
- -86 kg: Nusratbek Tohirov – Saveliy Sadoma (Rossiya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri