Shaxmat: Javohir Sindorov “Grenke Freestyle Chess Open”da qatnashadi

127

Joriy yilning 17-21 aprel kunlari Germaniyada o‘tkaziladigan “Grenke Freestyle Chess Open” turnirida mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov asosiy bahslarda ishtirok etadi. Bu haqda “Grenke Freestyle Chess Open” turniri tashkiliy qo‘mitasi xabar berdi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 225 ming yevrodan iborat turnirning asosiy bahslarida Sindorov Magnus Karlsen,  Fabiano Karuana, Arjun Erigaisi, Yan Nepomnyashiy, Aravind Chitambaram, Shaxriyor Mamedyarov, Uesli So va Levon Aronyan kabi nomdorlarga qarshi dona suradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA