Bilyard: jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari ham qatnashadi

149

Shu kunlarda mamlakatimiz bilyardchilari joriy yilning 21-27 aprel kunlari Qirg‘izistonda hamda 23 aprel-19 may kunlari Xitoyda mukofot jamg‘armasi bir yarim milliondan iborat bo‘lgan “Heyball Masters Grand Finals” turniriga hozirlik ko‘rmoqda.

Yurtimizda bilyard sport turi yildan yilga ommalashib bormoqda. O‘tgan uch oy davomida bir qator turnir va mamlakat chempionatlari muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar natijasida O‘zbekiston bilyard federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi tomonidan terma jamoa tarkibi shakllantirildi. Yil davomida xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan mahoratli sportchilar belgilab olindi.

– Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida Kombinatsiya piramida bo‘yicha o‘tadigan jahon chempionatida Jamoliddin Qo‘chqorov sardorligidagi 9 nafar bilyardchidan iborat terma jamoamiz g‘oliblik uchun kurash olib borsa, Xitoyning Chendu shahrida dunyoning eng kuchli bilyardchilari qatnashadigan turnirda esa S.Sadirov va D.Rahmatullayev o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi, – deydi O‘zbekiston bilyard federatsiyasi raisi O‘tkir Komilov.

T.Ro‘ziyev, O‘zA