Byudjetga yetkazilgan zarar undirildi

107

Sudlanuvchi X.M. ikkita jamiyatga rahbarlik qilib kelgan davrida olingan daromadlarni kamaytib soliq hisobotlarini topshirib kelgan holati yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tuman sudining 2025 yil 11 fevraldagi hukmiga asosan X.M.dan soliq bo‘yicha yetkazilgan 272 million 327,4 ming so‘m miqdordagi zararni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasi foydasiga undirish belgilandi.

Ushbu hukm bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlari olib borildi.  Jumladan, joriy yilning 10 mart kuni qarzdorning ish joyiga undiruvni qarzdorning ish haqi va barcha daromadlariga qaratish to‘g‘risida talabnoma yuborildi. Shunda qarzdor hamkasblari shu holatdan xabar topishidan oldin to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorlikni to‘lig‘i bilan to‘lagan va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.