Xodim ishga qayta tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo sudining 2025 yil 4 martdagi ijro hujjatiga asosan javobgar ushbu tumandagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga shu tashkilotda qorovul bo‘lib ishlagan da’vogar R.Z.ni ishga tiklash va uning ishsiz yurgan davri uchun 5 million 653 ming so‘m to‘lab berish majburiyati yuklatildi.
Shunga qaramasdan javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmaganligi sababli da’vogar R.Z. Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Bo‘lim tomonidan darhol ijro harakatiga kirishilib, tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda javobgarlik borligi haqida ogohlantirish berildi.
Shuning natijasida da’vogar R.Z. mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining joriy yil 28 mart kungi buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklandi va unga ishsiz yurgan davri uchun tegishli puli to‘lab berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.