YeCHL: “PSJ” va “Barselona” yarim finalda

125

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichining javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda “Barselona” va “PSJ” klublari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Gap shundaki, Dortmundning “Borussiya“ klubi o‘z maydonida Chempionlar ligasi 1/4 final javob bahsida “Barselona“ni 3:1 hisobida mag‘lub qildi. Uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Seru Girassi xet-trik qayd etdi. Mehmonlarning yagona to‘pini ham “Borussiya“ a’zosi Rami Bensebayni o‘z darvozasiga kiritdi. Biroq bu g‘alaba, Dortmund sharafini himoya qilayotgan jamoa uchun yetarli bo‘lmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:3 hisobida g‘alaba qozongan “Barselona“ Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Barselona“ 2018/19 yilgi mavsumdan buyon ilk bor ECHL yarim finaliga chiqdi.

Endi Kataloniya klubi 1/2 final bosqichida “Bavariya“ — “Inter“ juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

“PSJ“ Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida “Aston Villa“ mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “PSJ” safida harakat qilayotgan Ashraf Hakimi va Nunu Mendesh jamoasining ikki goliga mualliflik qildi. Mezbonlar safida Yuri Tilemans, Jon Makginn va Ezri Konsa o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Ammo “Aston Villa” ilk o‘yinda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgani bois ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “PSJ“ 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Parij shahri jamoasi final ostonasida “Real“ va “Arsenal“ klublari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Darvoqe, Luis Enrike jamoasi ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida: “Barselona“ yoki “PSJ“ bu mavsumda kamida to‘rtta turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatini saqlab qoldi. Aniqrog‘i, “Barselona“ hisobida hozir Ispaniya Superkubogi mavjud va ular La Ligada peshqadamlik qilmoqda hamda mamlakat kubogi finaliga yo‘l oldi. “PSJ“ esa Fransiya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogiga ega chiqdi. Shuningdek, parijliklar Fransiya kubogi finalida o‘ynaydi. Shuningdek, bu jamoalar bu yilgi Chempionlar ligasida ham zafar quchishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun tunda YeCHL chorak finalidan o‘rin olgan. “Real” – “Arsenal”, “Inter” – “Bavariya” klublari o‘rtasida javob o‘yini o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA