Prezident: hamjihat bo‘lib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada ko‘payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o‘zi bo‘lmaydi

393

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

– Biz boshlagan islohotlar, bu – faqat raqamlar yoki hisobotlar emas. Bu – har bir oila, har inson hayotida seziladigan, farovonlik va taraqqiyot sari yo‘naltirilgan haqiqiy o‘zgarishlardir.

Bugun ham Andijonda keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik. Aholi va tadbirkorlar kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha masalalarga to‘xtalib, viloyat uchun zarur mablag‘larni ham hal etdik.

Agar barchamiz bir bo‘lib, hamjihat bo‘lib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada ko‘payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o‘zi bo‘lmaydi, Andijon yanada obod bo‘ladi, men bunga ishonaman!, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

O‘zA