Boku shahrida bokschilarimiz 12 ta medalga sazovor bo‘ldi

112

Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li“ xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda bokschilarimiz 1 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamizning yagona oltin medaliga -63,5 kg. vazndagi bellashuvlarda ishtirok etgan Sayat Ilyosov sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Nodirbek Allaberganov va Jasurbek Yo‘ldoshev o‘z vazn toifalarida kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Behruz Xoldorov, Shahzod Muzaffarov, Sardor Abdumutaliyov va Bekzod Hamidov bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, ayollar terma jamoamiz “Buyuk ipak yo‘li“ xalqaro turnirini 1 tadan oltin hamda kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA