Ozarbayjon ringida Sabina Boboqulova sharafiga madhiyamiz yangradi
162
Bokuda boks bo‘yicha o‘tayotgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turnirida final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Unda ayollar terma jamoamiz 1 tadan oltin hamda kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Final bellashuvlarida -50 kg. vaznda Sabina Boboqulova oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, vazni -48 kg. bo‘lgan Jasmin Tohirova kumush medalga egalik qildi.

Shuningdek, musobaqada Uzukjamol Yunusova, Oysha Toirova, Oltinoy Sotimboyeva bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi final bahslarida 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.

-57 kg: Nodirbek Allaberganov – Eduard Savvin (Rossiya)
-63,5 kg: Sayat Ilyasov – Sandan Sandanov (Rossiya)
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Timur Gamzatov (Rossiya)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA