FIVB yig‘ilishida 7 iyul Butunjahon voleybol kuni sifatida belgilandi

Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilgan Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi 7 iyul sanasi Butunjahon voleybol kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi prezidenti Tomas Bax va XOQning yangi saylangan prezidenti Kirsti Koventri, shuningdek, Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatnashgan yig‘ilish davomida joriy 2025 yili erkaklar va ayollar o‘rtasidagi, shuningdek, U17, U19 va U21 yosh toifalaridagi jahon chempionatlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil etildi.
Yig‘ilishda 2025 yilgi voleybol va sohil voleyboli bo‘yicha qiziqarli tadbirlar taqvimi to‘liq tanishtirildi. Asosiy chempionatlar qatoriga Filippin va Tailandda bo‘lib o‘tadigan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati, sohil voleyboli bo‘yicha 2025 yili Avstraliyaning Adelaida shahridagi jahon chempionati, U19 o‘smirlar o‘rtasida Toshkentda va U19 qizlar o‘rtasida Belgradda bo‘ladigan jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalar tilga olindi.

FIVB Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi davomida milliy terma jamoalar, qit’aviy konfederatsiyalar va mamlakat federatsiyalarining jahon reytingini kengaytirish masalasida xalqaro voleybol landshaftiga mos keladigan jahon reytingi tizimi bo‘yicha taklifni ma’qulladi.
Yangi taklif kiritilgan tadbirlar toifalari sonini kengaytiradi va milliy terma jamoalar ishtirokini oshirishga yordam beradi. Bu, jamoalarning texnik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri baholashni ta’minlaydi hamda ularning taraqqiyoti va rivojlanishini kuzatish uchun ishonchli vosita hisoblanadi.
Yangi tuzilmaga ko‘ra, har bir qit’a voleybol konfederatsiyasi jahon reytingiga ikki yillik kontinental tadbirlarni kiritishi mumkin, har bir zona uyushmasi esa bir yillik mintaqaviy tadbirni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli. Jahon reyting ochkolariga ega bo‘lish uchun kamida to‘rtta kattalar terma jamoasi rasmiy musobaqalarda qatnashishi lozim bo‘ladi.

Yana bir muhim o‘zgarish jamoaning harakatsizligi bilan bog‘liq. Ilgari jamoalar musobaqasiz bir yil o‘tgandan so‘ng faol emas deb hisoblanardi. Kengash ma’qullaganidan keyin bu muddat 2025 yildan boshlab ikki yilga uzaytirildi.
Ijroiya qo‘mita Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB)ning 2026 yilgi 40-kongressi Dominikan respublikasida o‘tishini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, voleybol bo‘yicha U19 o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekistonda bo‘ladigan jahon chempionati joriy yilning 24 iyul-3 avgust kunlari tashkil etilishi belgilangan. Unda dunyoning 24 davlat terma jamoasi ishtirok etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA