Futbol: O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo chempionlar ligasi o‘yinini boshqaradi
113

Ertaga, 15 aprel kuni futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqalarining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” hamda Saudiya Arabistonining “Al Taavun” jamoalari uchrashuvini o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
O‘yinni Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida boshqarsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. Hamyurtimiz Asker Najafaliyev zaxira hakami sifatida belgilangan. VAR’da Ahrol Risqullayev, AVAR esa yana bir yurtdoshimiz Abdurashid Xudoyberganov ish olib boradi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA