Rus qo‘shinlari Ukrainada faollashgani aytilmoqda
Ukrainalik zobitlarning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishlari, Kiyevdagi Bosh shtab va SNN bilan suhbatlashgan askarlar ma’lumoti tahlili Rossiya armiyasi hujum amaliyoti butun front bo‘ylab kuchayganidan daraka bermoqda.
– Bu Ukraina ancha vaqtdan beri ogohlantirib kelayotgan rus kuchlari bahorgi yirik hujumining boshlanishimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Binobarin, RF rahbari amerikalik hamkasbini “xafa qilib qo‘ysh”dan xavotirlanmayotgan ko‘rinadi.
– Agar Kreml tinchlikka jiddiy yondashsa, “bir necha hafta ichida” qaror qabul qila oladi, – dedi Davlat kotibi Marko Rubio.
Bir necha oydan beri eng shiddatli jang Donetsk viloyatidagi asosiy logistika markazi – Pokrovsk shahri janubida kechmoqda. Ukraina armiyasi yil boshidan buyon bir necha kichik taktik muvaffaqiyatga erishib, Rossiyaning Pokrovsk tomon yurishini qisman ortga qaytardi.
Musulmon Ziyo, O‘zA