Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
344

Davlatimiz rahbari dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini, uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar mablag‘ yo‘qotilganini ko‘rsatib o‘tdi.
–Bu tebranishlar bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaganlar adashadi. Axir, bu mablag‘larni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin edi-ku!, – dedi Prezident.
Bu sharoitda barcha hokimlar, iqtisodiy kompleks hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilishi, ishlab chiqarish hajmlari, ish o‘rinlari va eksportni saqlab qolish masalalari bilan tizimli shug‘ullanishi kerakligi qayd etildi.
Iqtisodiy kompleks mas’ullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga o‘z hududida tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirildi.
O‘zA