Nukusda basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi (+video)
139
Nukus shahrida basketbol bo‘yicha U-18 yoshdagi o‘smir va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga start berildi. Unda Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jamoalar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Yerkin Qutiboyev va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda basketbolni yanada rivojlantirish, yoshlar orasida uni ommalashtirish hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida alohida ta’kidladi.
Musobaqa 8 aprelga qadar davom etadi.
Maqsad HABIBULLAEVJ (surat va video), O‘zA