Dunyodagi eng katta musiqali favvora 5 oyga yopiladi
Joriy yilning 20 aprel sanasidan boshlab Dubaydagi dunyoning eng katta musiqali favvorasi vaqtinchalik yopiladi.
«Burj Xalifa» binosi yonida joylashgan favvorada 19 aprel kuni so‘nggi shou bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng favvorada 5 oylik rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Hozirda favvora barcha uchun har kuni 18:00 dan 23:00 gacha har yarim soatda bepul shou namoyish etmoqda.
Ma’lumot uchun, fontan dunyodagi eng baland musiqiy favvora hisoblanadi. U bir soniyada 140 metr balandlikka 830 000 litrdan ortiq suvni otib, yorqin chiroqlar va musiqa jo‘rligida namoyon bo‘ladi. Unda Maykl Jekson, Andrea Bochelli va boshqa jahonga mashhur ijrochilarning qo‘shiqlari yangraydi.
Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA