O‘mondan O‘zbekistonga muntazam havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zaviatsiya” tomonidan O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan, 2025 yil 2 aprel sanasida “Oman Air” aviakompaniyasi Masqat – Toshkent – Masqat yo‘nalishida muntazam reys qo‘yishi uchun “Foydalanish ruxsatnomasi” rasmiylashtirildi.
Parvoz “Boeing-737” havo kemasida amalga oshiriladi.
M.Pirmatova, O‘zA