Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrfi yakunlandi

579

“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakuniga yetdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ikrom AVVALBOEV, Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA muxbirlari