Yaponiya Marsga qo‘nish platformasini ishlab chiqmoqchi

112

Yaponiya kosmik agentligi (JAXA) Marsga turli tadqiqot vositalarini xavfsiz qo‘ndira oladigan qo‘nish platformasi yaratish uchun asosiy texnologiya ishlab chiqish rejasi bilan o‘rtoqlashdi.

“Space News” xabar berishicha, shamollatiladigan himoya ekranidan foydalanishga asoslangan mazkur tizim platformani Mars atmosferasida kerakli tezlikkacha sekinlashtirish imkonini beradi. Yakuniy bosqichda dvigatellar ishlagan holda yumshoq qo‘nishni ta’minlaydi.

Loyihaning texnik tafsiloti oshkor etilmagan. JAXA mutaxassislari ta’kidlaganidek, bunday tizim yordamida Marsga og‘irligi 200 kilogrammgacha yuk, masalan nisbatan kichik roverslarni yetkazish mumkin. Agentlik muhandislari va olimlari bu gal 2024 yil yanvarda  Oyga qo‘ngan SLIM modulini yuborishda foydalanilgan tajribani qo‘llamoqda.

Umuman, missiya JAXAga juda ko‘p qimmatli ma’lumot taqdim etdi. Yaqin kelajakda tuproq namunasi yig‘ish uchun Marsning Fabos sun’iy yo‘ldoshiga zond yuborish nazarda tutilgan.

Puflanadigan himoya ekranining afzalligi shundaki, yuqori tezlikda to‘xtatish uchun murakkab parashyut yoki og‘ir qalqon bilan ishlash shart emas. Materialshunoslik sohasidagi zamonaviy yutuqlar yumshoq birikmadan yengil va ixcham, juda kuchli tuzilmalar yaratish imkonini beradi.