Tramp 2028 yil ham prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin

107

AQSH Prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Boris Epshteyn qonunni o‘rganib chiqib, Amerika yetakchisi 2028 yil yana davlat rahbarligiga nomzodini ilgari surish yo‘lini topishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda “Wall Street Journal” manbalarga tayanib yozgan.

Oq uyning aloqalar bo‘yicha direktori Stiven Chung uchinchi muddat haqida “o‘ylashga hali erta”ligini ta’kidlagandi. Boshqa bir manba Tramp “ommaviy axborot vositalarini aqldan ozdirish” uchun uchinchi muddat haqida gapirganini iddao qilgan. Yetakchining o‘zi avvalroq Konstitutsiyada cheklov mavjud bo‘lsa-da, uchinchi muddatga saylanish imkoniyati istisno emasligini aytgan. Binobarin, asosiy Qonunda bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq oliy lavozimni egallashi taqiqlangan. 

Tramp oraliq bilan ikkinchi muddatga saylangan ikkinchi Prezident, biroq Grover Klivlend (22 va 24-saylangan rahbar) davrida Konstitutsiyaning 22-tuzatishi hali mavjud emas edi. Ya’ni, muddat chegarasi qonunda mustahkamlanmagan bo‘lsa-da, aytilmagan kelishuv edi. 1951 yil Franklin Ruzvelt o‘zining to‘rtinchi muddati boshida vafot etgach, konstitutsiya o‘zgarishi qabul qilingan.