Qozog‘istonning birinchi raqamli borti Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi (+video)

363

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ham “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida ta’kidlash joiz. Barcha darajalarda faol muloqotlar olib borilmoqda.

Xususan, tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 14 foizga oshdi, umumiy qiymati 4 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

Ikrom AVVALBOEV, Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA muxbirlari