Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Samarqandda
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Mazkur sammit kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlash o‘rinli.
Birgina misol, o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bir milliard dollardan oshgan. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda va kooperatsiya chuqurlashmoqda.
Birgalikda “Shovot – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda. Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasida tadbirlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.
Ikrom AVVALBOEV,
Otabek MIRSOATOV(surat), O‘zA muxbirlari