O‘zbekiston Prezidenti Yevrokomissiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

439

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni “Markaziy Osiyo – YeI” birinchi sammiti doirasida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan suhbat o‘tkazdi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan mintaqalararo sammit va iqlim forumini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.