Jahon kubogi bokschilarimiz g‘alabasi bilan boshlandi
118

Braziliyada boks bo‘yicha “World Boxing” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan jahon kubogida uch nafar bokschimiz muvaffaqiyatli start oldi. Dunyoning 19 davlatidan kelgan 130 dan ortiq bokschilar ishtirokida o‘tayotgan mazkur kubok bellashuvlarining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili ilk jangini o‘tkazdi.

Aniqrog‘i, vazni -55 kg. bo‘lgan Mirazizbek Mirzaxalilov shvetsiyalik Nebil Ibrahimni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov -70 kg vazndagi ilk jangida polshalik Damian Durkachga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shuningdek, Javohir Ummataliyev vazni -80 kg bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida o‘tayotgan bellashuvlarda italiyalik Alfred Kommey ustidan g‘alaba qozondi.
Musobaqaning ikkinchi kunida yana uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Ularning raqiblari bilan tanishing:
-50 kg. Asilbek Jalilov – Nurzat Ongarov (Qozog‘iston);
-60 kg. Madiyar Daniyarov – Mishel Baldassi (Italiya);
-85 kg. Akmaljon Isroilov -Leonid Berisha (Shveysariya)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA