Abbos Fayzullayev Turkiya klubiga o‘tadimi?

162

Hozirda turli axborot nashrlarida va internet sahifalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbos Fayzullayevga Turkiyaning “Galatasaroy” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Iqtidorli futbolchimiz haqiqatan ham Turkiya klubiga o‘tadimi? Bu ma’lumotlar qanchalik rost?

Yaqinda SSKA klubi bosh direktori Roman Babayev jurnalistlarga bergan intervyusida bu masalaga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Galatasaroy” jamoasi Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar internetda tarqalgan bo‘lsa-da, bu ma’lumot aslida haqiqatdan yiroq.

Eslatib o‘tamiz, Abbos Fayzullayev 2023 yil yozidan beri Moskva klubi safida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda u 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA