Saylovchilar bilan ochiq muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamova saylovchilar bilan uchrashish va hududdagi mavjud muammolarni, jumladan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida bo‘ldi.
Deputat dastlab tuman ko‘p tarmoqli poliklinikada bemorlar va shifokorlar bilan muloqot qildi. Ushbu poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida bemorlar va shifokorlar bilan muloqot qilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati o‘rganildi.



Shuningdek, deputat “Olmozor” mahalla fuqarolar yig‘inida hududida yangidan qurilayotgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirda va qurilish tashkiloti vakillari bilan uchrashdi. Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali xodimlari bilan korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasida ochiq muloqot qildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri