Yoshlarning bo‘sh vaqti samarali o‘tmoqda (+video)
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov”, “Xorijiy tillar” yo‘nalishi bo‘yicha 64 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 1 ming 820 nafar o‘quvchi bilim va mahorat oshirmoqda.
Bu yerda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni bilim olishga va kasb-hunarga qiziqtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qator chora-tadbirlar bajarilmoqda. Jumladan, maktab jamoasi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy festivallar va sport musobaqalari tashkil qilinmoqda. Bunday tadbirlarda yoshlarining bilim va qobiliyati yaqqol namoyon bo‘layotir.
Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA