Dunyo suratlarda

O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Finlyandiya. Rovaniyemi osmoni uzra qutb yog‘dusining ko‘rinishi.

Chilining Valpariso shahrida ayrim sanoat kompaniyalari uchun kvotalar oshirilishini nazarda tutuvchi qonunga qarshi norozilik namoyishi paytida mahalliy politsiya tartibni solishga urinmoqda.

Shveysariya. UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini korrupsiya bo‘yicha maxsus apellyatsiya sudi hukmidan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotda.

Istanbul shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li korrupsiya bo‘yicha ayblanib hibsga olinganidan so‘ng, uning tarafdorlari norozilik namoyishlari uyushtirmoqda.

Ispaniyaning Kartama shahrida kuchli yomg‘irdan keyin mahalliy aholi o‘z uylari tashqarisidagi ko‘chalarni ko‘zdan kechirmoqda.

G‘azoda Isroil havo hujumi payti falastinliklar yashirinishga pana joy qidirmoqda.

Avstraliyaning Kanberra shahridagi parlamentda “Yashillar” partiyasi senatori Sara Xanson-Yang Tasmaniya shtatidagi losos baliq fermalari bo‘yicha hukumat tomonidan taklif qilingan qonunlarga norozilik bildirish maqsadida plastik qopga solingan o‘lik baliqni ushlab turibdi.

Indoneziya. Bali hindulari suv bo‘yida diniy marosim uyushtirmoqda.

Venesuelalik muhojirlar AQSHdan deportatsiya qilinganidan so‘ng Karakas aeroportiga kelib qo‘nishdi.

Malta. Hamrun shahridagi mahalliy aholi Holi bayramini nishonlamoqda.

Fransiyalik aktyor Jerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ayblanib sudga tortildi.

Hindistonning Ahmadobod shahrida yer usti metrosi qurilish jarayonida ishchilar ustunlar orasiga beton to‘sinlar o‘rnatishmoqda.

Saudiya Arabistoni. Makka shahridagi Ka’batulloh atrofida musulmonlar Ramazon oyi kechasi namoz o‘qishmoqda.

Pokiston. Jamshoro shahridagi mahalliy aholi vakillari Hind daryosining qurigan qismida yurishmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat havo kuchlarining Luxil-Sant-Saver aviabazasiga tashrifi chog‘ida harbiylar oldida nutq so‘zladi.

Musobaqa ishtirokchilari Janubiy Afrikadagi “Absa Sape Epis” velopoygasining to‘rtinchi bosqichida qatnashmoqda.

Janubiy Koreya. Geongsang provinsiyasidagi qishloqda kuchli shamol tufayli yuzaga kelgan o‘rmon yong‘inidan so‘ng uylar yonib ketmoqda.

Germaniya. Taunusdagi o‘rmonda kiyiklar to‘dasi qayinzor orasidan chiqib kelmoqda.

Xitoy politsiyasi xodimlari odamsimon robot va robot it hamrohligida Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Formula 1 musobaqasida chiqish qilmoqda.
O‘tkir Mirzo tayyorladi.
O‘zA