Sambochimiz xalqaro turnir sovrindori bo‘ldi

144

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Ikki kun davom etgan Sambo asoschilari kubogida 17 ta davlat vakillari sambo va jangovar sambo yo‘nalishidagi bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Ismanov jangovar samboning -79 kilogramm vazn toifasidagi murosasiz bellashuvlarida Ozarbayjon, Belarus, Mo‘g‘uliston kabi davlat vakillari bilan kuch sinashdi. Yarim final ostonasida rossiyalik Sharip Kudavasovga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizdan ustun kelgan Kudavasov finalda hamyurti Kishvar Xudoyorovni mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA