Javohir Sindorov “Titled Tuesday” g‘olibi

164

Mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov dunyoning eng kuchli grossmeysterlari o‘rtasida har haftaning seshanbasida o‘tkazib kelinadigan “Titled Tuesday” onlayn turniri g‘olibi bo‘ldi va 1 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotga ega chiqdi.

Yosh grossmeysterimiz dunyo shaxmat yulduzlari qatnashgan turnirda 11 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi.

Hindistonlik tajribali shaxmatchi, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju ikkinchi, amerikalik Hikaru Nakamura uchinchi o‘rindan joy egalladi.

Javohir Sindorov musobaqa davomida Magnus Karlsenni yana bir bor mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA