Tramp AQSHning boshqa prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishganini ta’kidlamoqda

142

AQSH prezidenti Donald Tramp “Newsmax” nashriga bergan intervyusida hokimiyatdagi ikki oy davomida tarixdagi barcha Amerika prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishganini ta’kidladi.

– Atigi ikki oyda hech kim bunchalik ko‘p ish qilgani yo‘q. Shu qisqa vaqtda men har qanday prezidentdan ko‘proq ish qilganimga ishonchim komil, – dedi u. 

Tramp xususan, Amerika iqtisodiyotiga turli kompaniyalar tomonidan sarmoya jalb etilishi, shuningdek, yuzlab milliard dollar zarar keltirgan “firibgarlik” aniqlanganiga ishora qildi.

Bundan tashqari, u AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatini “juda yomon” ishlar qilgani va korrupsiyalashgan, deb hisoblasa ham kechirishga harakat qilayotganini tan oldi.