YeI noyob metallarni qazib olishni kengaytirmoqchi

Yevropa Ittifoqi Xitoyga qaramligini kamaytirish va kelgusi o‘n yillik boshiga qadar yer qa’ridagi noyob metallar bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini 65 foizga erishish niyatida, deb xabar bermoqda “Kazinform” axborot agentligi.
Yevropa komissari Stefan Sejurne ta’kidlaganidek, YeIning 13 davlatida xomashyoni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 47 ta strategik loyiha ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, 14 turdagi strategik xomashyoni qazib olish va undan butun Yevropa uchun foydalanish imkoniyatini kengaytirish rejalashtirilgan.