Makron: Ukraina bo‘yicha koalitsiya sammiti 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi

125

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda Ukraina bo‘yicha “xohlovchilar koalitsiyasi” sammiti 27 mart kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi “BFM TV” telekanali.

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi. Avvalroq, “Bloomberg” nashri Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 37 davlatni “xohlovchilar koalitsiyasi” – Ukrainada tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga va Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor davlatlar guruhini tuzish uchun urinayotgani haqida xabar tarqatgan edi.