Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv
193

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Pavel Utyupin bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokara chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi keng qamrovli masalalar muhokama qilindi. O‘zaro ishonch va umumiy manfaatga asoslangan, amaliy natijaga yo‘naltirilgan sheriklikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
– O‘zbekiston va Belarus Tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda, – degan mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari.
O‘zA