Korxonaning sifatli mebellariga talab yuqori
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Sarabiy” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Gracefull Mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan 2024 yil aholi bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Umumiy 20 sotix yer maydonida joylashgan korxonaning ishga tushirilishi uchun 1 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ sarflanib, chet davlatdan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Bu yerda jami 10 nafar yosh ish bilan ta’minlangan.
Ayni vaqtda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab yuqori. Bir qancha idora va tashkilotlardan ofis mebellariga, shuningdek, aholi xonadonlari jihozlari uchun buyurtmalar kelib tushmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA