Yo‘lovchilarga bepul transport xizmati ko‘rsatilmoqda

256

Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahriga “Sapsan Trans Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan lizing asosida Xitoy davlatidan 13 dona zamonaviy avtobus olib kelinib, foydalanishga topshirilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda yana 40 dona avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Umumxalq Navro‘z bayrami hamda muborak Ramazon oyi  munosabati bilan “Sapsan Trans Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyatning zamonaviy avtobuslari bugun Nukus shahri aholisiga hamda mehmonlarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri