Meva ko‘chatlari yetishtirayotgan tomorqachi

FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Qoshqo‘ra mahallasida ko‘pchilik xonadonlar “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqasidagi yerlardan samarali foydalanib kelmoqda.
Mahalla omilkorlaridan biri To‘raxon Madaminov tomorqasida meva ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda uning tomorqasida bo‘lsangiz olma, o‘rik, shaftoli, gilos, nok, olxo‘ri, uzum kabi bir qancha turdagi yuqori navli meva ko‘chatlari bahorgi ekishga tayyor holda ko‘rasiz.
– Ko‘chat yetishtirish, bizga otameros an’ana, – deydi To‘raxon Madaminov. –Kichik paytimizdanoq otamizning yonida yurib, ko‘chat yetishtirish sirlarini o‘rganganmiz. Ko‘chatchilik sohasida olgan bilim va tajribamizni bugun farzandlarimizga hamda mahalla yoshlariga o‘rgatyapmiz.
Shu kunlarda tomorqachi tumandagi fermer xo‘jaliklari va aholi uchun mevali daraxt ko‘chatlarini peshma-pesh yetkazib bermoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA