“Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi

194

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Chimboy tuman partiya kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan umumxalq Navro‘z bayrami arafasida Chimboy “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tuman partiya Kengashlari vakillari, xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi tibbiyot xodimlari va tarbiyalanuvchilarini Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Xayriya tadbirida internat uyi tarbiyalanuvchilariga xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi partiya guruhi homiyligida kiyim-kechaklar sovg‘a qilindi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri