“Vaziyatlar markazi” faoliyati o‘rganildi

171

Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Mahallabay” ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Umumxalq Navro‘z bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev, Ichki ishlar vaziri B.Torebekov va boshqa mas’ullar Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan “vaziyatlar markazi” faoliyatini o‘rgandi.

Nukus shahrining aholi gavjum joylariga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining ishlash holati, tasvirning sifati va boshqa parametrlar ko‘zdan kechirildi. Nazoratni kuchaytirish va favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan ishlarni jadallashtirish borasida mutaxassislarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, shahardagi “Tung‘ish qonis” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi. Hududlarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida shahar tajribasini yaratish yuzasidan shahar prokurori va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga qisqa muddatda qo‘shma qaror qabul qilib, ijroga qaratish topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri