Muaytaychilarimizning yana bir g‘alabasi

180

Tailandning Bangkok shahrida muaytay WMF bo‘yicha jahon chempionatida dunyoning 44 davlatidan kelgan muaytaychilar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 64 nafar sportchi bilan qatnashib, yakunda 17 ta oltin, 16 ta kumush va 8 ta bronza, jami 41 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: muaytay 2025 yilgi Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) o‘smirlar o‘yinlarining sport dasturiga rasman kiritildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA