Xavf ostidagi kelishuv

149

Bugun Putin va Tramp Rossiya – Ukraina ziddiyati masalasini muhokama qiladi.

BBC yozishicha, AQSH prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan kutilgan telefon qo‘ng‘irog‘i oldidan tinchlik kelishuvining “ko‘p jihatlari” kelishib olinganini bildirgan.

– Har hafta ikki tomondan jami 2500 askar halok bo‘lyapti, bunday holat tezroq tugashi kerak, – deb yozgan Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Prezident Putin bilan qo‘ng‘iroqni intiqlik bilan kutaman.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining tungi nutqida Putinni urushni uzaytirayotganlikda aybladi.

– Bu ish ancha oldin amalga oshirilishi mumkin edi, – degan u. – Urush davridagi har bir kun inson hayoti bilan bog‘liq.

Ayni payt Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Zelenskiyning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi jasoratini olqishladi va Rossiyani ham shunday qilishga chaqirdi.

Putin avvalroq tinchlik o‘rnatish fikrini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, tinchlikka erishish sharti ro‘yxatini ham belgilagandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA