Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tumanda yashovchi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 15 ta korxona va tashkilot o‘zlarida mavjud bo‘lgan 27 bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Tadbirga 30 nafardan ziyod fuqaro, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar jalb qilindi.

Nukus shahridagi “Nukus Dilisha” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ishlash istagini bildirgan 7 nafar, tumandagi urush va mehnat faxriylari sanatoriysiga avtobus haydovchisi lavozimida ishlash istagini bildirgan 1 nafar, tadbirkorlik sub’ektlarida ishlash istagini bildirgan 5 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri