“Yashil makon”: yoshlar faol ishtirok etmoqda
“Yashil makon” umummilliy loyihasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali jamoasi hamda talabalari faol ishtirok etmoqda.
Ular tomonidan o‘quv yurti hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi. Ekilgan nihollar kelajakda nafaqat hududning go‘zalligini oshiradi, balki atrof-muhitni tozalash va tabiiy resurslarni tejashda ham o‘z hissasini qo‘shadi.

Loyiha orqali yoshlarni tabiatni muhofaza qilishga jalb etish, ekologik madaniyatni shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar nafaqat ekologik muammolarni hal etishda, balki yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirishda ham muhimdir.

Mazkur loyiha mamlakatimizning ekologik holatini yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish uchun muhim qadamdir. Talabalarni ushbu jarayonga faol jalb qilish, ularning ekologik madaniyatini rivojlantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Umid qilamizki, ekilgan har bir daraxt va ko‘chatlar talabalar yoshlar uchun ekologik madaniyat va atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni shakllantiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri